Sura Al-Ankabut (O‘rgimchak — العنكبوت) (Oyat 12)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




29 Al-Ankabut(العنكبوت), Oyat 12

وَقَالَ الَّذِينَ كَفَرُوا لِلَّذِينَ آمَنُوا اتَّبِعُوا سَبِيلَنَا وَلْنَحْمِلْ خَطَايَاكُمْ وَمَا هُمْ بِحَامِلِينَ مِنْ خَطَايَاهُمْ مِنْ شَيْءٍ ۖ إِنَّهُمْ لَكَاذِبُونَ 12 ١٢

Va kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Bizning yo`limizga ergashinglar, xatolaringizni biz ko`taraylik», derlar. Holbuki, ular alarning xatolaridan hech bir narsani ko`targuvchi emaslar. Albatta, ular yolg`onchilardir. (12)

Tafsir
Kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Bizning dinimizga ergashinglar, gunohlaringizni biz boʻynimizga olamiz va ular uchun biz jazolanamiz», derlar. Holbuki, ular moʻminlarning gunohlaridan biron narsani koʻtara olguvchi emaslar. Albatta ular yolgʻonchidirlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin