Sura Ankabut (O‘rgimchak — العنكبوت) (Oyat 20)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




29 Ankabut(العنكبوت), Oyat 20

قُلْ سِيرُوا فِي الْأَرْضِ فَانْظُرُوا كَيْفَ بَدَأَ الْخَلْقَ ۚ ثُمَّ اللَّهُ يُنْشِئُ النَّشْأَةَ الْآخِرَةَ ۚ إِنَّ اللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ 20 ٢٠

Sen: «Er yuzida sayr etib yuringlar va maxluqotlarni U zot avval boshdan qanday yaratganiga nazar solinglar. So`ngra Alloh oxirat hayotini paydo qilur. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir», deb ayt. (20)

Tafsir
Ey Paygʻambar, anavi qayta tirilishni inkor qilayotganlarga ayting: "Yer yuzida aylanib yuringlar. Alloh dastlab qanday yaratganini koʻringlar. Keyin Alloh odamlarni hisob-kitob uchun yana bir marta hayotga qaytaradi. Alloh har ishga Qodirdir. U Zotning Qoʻlidan kelmaydigan ish yoʻqdir. Odamlarni birinchi marta yaratgan Zot ularni yana qayta tiriltirishga ham Qodir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin