Sura Al-Ankabut (O‘rgimchak — العنكبوت) (Oyat 33)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




29 Al-Ankabut(العنكبوت), Oyat 33

وَلَمَّا أَنْ جَاءَتْ رُسُلُنَا لُوطًا سِيءَ بِهِمْ وَضَاقَ بِهِمْ ذَرْعًا وَقَالُوا لَا تَخَفْ وَلَا تَحْزَنْ ۖ إِنَّا مُنَجُّوكَ وَأَهْلَكَ إِلَّا امْرَأَتَكَ كَانَتْ مِنَ الْغَابِرِينَ 33 ٣٣

Elchilarimiz Lutga kelishganida, u ular sababli mahzun bo`ldi va kelishlaridan yuragi siqildi. Ular: «Sen xavfsirama va mahzun ham bo`lma, albatta, biz seni va ahlingni qutqarguvchilarmiz. Magar, xotining halok bo`lguvchilardan bo`lgandir. (33)

Tafsir
Biz yuborgan farishtalar Lutning oldiga kelishganida u bundan yomon holga tushdi va yuragi siqildi hamda qavmining biron buzuqlik qilishidan qoʻrqdi. Chunki farishtalar erkaklar suratida kelishgandi. Uning qavmi esa ayollarga emas, erkaklarga shahvat bilan qaraydigan qavm edi. Buni koʻrgan farishtalar Lutga shunday dedilar: "Qoʻrqma, qavming senga hech qanday yomonlik qila olmaydi. Ularni halok qilayotganimizdan xafa ham boʻlma. Biz seni va oilangni qutqarib qolamiz. Faqat xotining bundan mustasno. U halok boʻlguvchilar safida qolib ketadi. Uni ham oʻshalar bilan birga halok qilamiz".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin