Sura Al-Ankabut (O‘rgimchak — العنكبوت) (Oyat 38)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




29 Al-Ankabut(العنكبوت), Oyat 38

وَعَادًا وَثَمُودَ وَقَدْ تَبَيَّنَ لَكُمْ مِنْ مَسَاكِنِهِمْ ۖ وَزَيَّنَ لَهُمُ الشَّيْطَانُ أَعْمَالَهُمْ فَصَدَّهُمْ عَنِ السَّبِيلِ وَكَانُوا مُسْتَبْصِرِينَ 38 ٣٨

Va Od va Samudni (ham halok etdik). Batahqiq, bu sizga ularning maskanlaridan ayon bo`lib turibdi. Shayton ularga amallarini ziynatlab ko`rsatib, ularni yo`ldan to`sdi. Holbuki, ular ko`rib-bilib turguvchi edilar. (38)

Tafsir
Shuningdek, Od va Samud qavmlarini ham halok etdik. Od Hudning qavmi, Samud esa Solihning qavmi. Ey makkaliklar, Hazramavtning Hijr va Shihr kabi shaharlaridagi huvillab qolgan uy-joylari ularning halokatga uchraganlaridan darak berib turibdi. Shayton ularga qilayotgan kufru isyonlarini chiroyli qilib koʻrsatdi va shu bilan ularni yoʻldan ozdirdi. Holbuki, ular haq bilan botilni, zalolat bilan hidoyatni ajrata oladigan koʻzi ochiq, esli, hushli odamlar edilar. Shunday boʻlishlariga qaramay, hidoyatni qoʻyib, koʻngil koʻchasiga yurishni ixtiyor etdilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin