Sura Al-Ankabut (O‘rgimchak — العنكبوت) (Oyat 39)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




29 Al-Ankabut(العنكبوت), Oyat 39

وَقَارُونَ وَفِرْعَوْنَ وَهَامَانَ ۖ وَلَقَدْ جَاءَهُمْ مُوسَىٰ بِالْبَيِّنَاتِ فَاسْتَكْبَرُوا فِي الْأَرْضِ وَمَا كَانُوا سَابِقِينَ 39 ٣٩

Qorun, Fir'avn va Homonlarni (ham halok qildik). Batahqiq, Muso ularga ochiq-oydin hujjatlar keltirdi. Bas, ular yer yuzida mutakabbirlik qildilar va qochib qutulguvchi bo`lmadilar. (39)

Tafsir
Qorun Muso qavmiga tajovuz qilgani sababli uning oʻzini ham, uy-joyini ham yerga yutdirdik. Firavn va uning vaziri Homonni ham dengizga gʻarq qildik. Muso ularga oʻzining haq paygʻambar ekanini isbotlaydigan yorqin dalillar keltirgandi. Ular esa Misr yerida mutakabbirlik qildilar. Endi ular Bizning azobimizdan qochib-qutula olmaslar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin