Sura Al-Ankabut (O‘rgimchak — العنكبوت) (Oyat 40)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




29 Al-Ankabut(العنكبوت), Oyat 40

فَكُلًّا أَخَذْنَا بِذَنْبِهِ ۖ فَمِنْهُمْ مَنْ أَرْسَلْنَا عَلَيْهِ حَاصِبًا وَمِنْهُمْ مَنْ أَخَذَتْهُ الصَّيْحَةُ وَمِنْهُمْ مَنْ خَسَفْنَا بِهِ الْأَرْضَ وَمِنْهُمْ مَنْ أَغْرَقْنَا ۚ وَمَا كَانَ اللَّهُ لِيَظْلِمَهُمْ وَلَٰكِنْ كَانُوا أَنْفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ 40 ٤٠

Ulardan har birini gunohi tufayli tutdik. Bas, ulardan ba'zilari ustiga tosh yog`dirdik, ba'zilarini qichqiriq ushladi, ba'zilarini yerga yuttirdik va ba'zilarini g`arq qildik. Alloh ularga zulm etguvchi bo`lmadi, lekin ular o`zlariga zulm etdilar. (40)

Tafsir
Mazkur jinoyatchilarning har birini halok etdik. Ular orasidagi Lut qavmi ustiga tosh yogʻdirdik. Solih va Shuayb qavmlari qichqiriqqa tutildilar. Qorunning oʻzini ham, hovli-joyini ham yerga yutdirib yubordik. Nuh qavmi, Firavn va Homonni suvga choʻktirdik. Alloh begunohlarga zulm qilmaydi. Lekin ular gunoh loyiga botib, oʻzlariga oʻzlari zulm qilgan va shu bilan jazolanishga loyiq boʻlib qolgandilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin