Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Ankabut — Oyat 40 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Ankabut • Oyat 69 dan 40 • Oʻzbekcha


فَكُلًّا أَخَذْنَا بِذَنْبِهِ ۖ فَمِنْهُمْ مَنْ أَرْسَلْنَا عَلَيْهِ حَاصِبًا وَمِنْهُمْ مَنْ أَخَذَتْهُ الصَّيْحَةُ وَمِنْهُمْ مَنْ خَسَفْنَا بِهِ الْأَرْضَ وَمِنْهُمْ مَنْ أَغْرَقْنَا ۚ وَمَا كَانَ اللَّهُ لِيَظْلِمَهُمْ وَلَٰكِنْ كَانُوا أَنْفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ 40
Tarjima:
Ulardan har birini gunohi tufayli tutdik. Bas, ulardan ba'zilari ustiga tosh yog`dirdik, ba'zilarini qichqiriq ushladi, ba'zilarini yerga yuttirdik va ba'zilarini g`arq qildik. Alloh ularga zulm etguvchi bo`lmadi, lekin ular o`zlariga zulm etdilar. Al-Ankabut 29:40
Tafsir:
Mazkur jinoyatchilarning har birini halok etdik. Ular orasidagi Lut qavmi ustiga tosh yogʻdirdik. Solih va Shuayb qavmlari qichqiriqqa tutildilar. Qorunning oʻzini ham, hovli-joyini ham yerga yutdirib yubordik. Nuh qavmi, Firavn va Homonni suvga choʻktirdik. Alloh begunohlarga zulm qilmaydi. Lekin ular gunoh loyiga botib, oʻzlariga oʻzlari zulm qilgan va shu bilan jazolanishga loyiq boʻlib qolgandilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Ankabut • Oyat 39 Keyingi Al-Ankabut • Oyat 41