Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ankabut — Oyat 41 (Oʻzbekcha) — Video

Ankabut • Oyat 69 dan 41 • Oʻzbekcha


مَثَلُ الَّذِينَ اتَّخَذُوا مِنْ دُونِ اللَّهِ أَوْلِيَاءَ كَمَثَلِ الْعَنْكَبُوتِ اتَّخَذَتْ بَيْتًا ۖ وَإِنَّ أَوْهَنَ الْبُيُوتِ لَبَيْتُ الْعَنْكَبُوتِ ۖ لَوْ كَانُوا يَعْلَمُونَ 41
Tarjima:
Allohni qo`yib, o`zga do`stlar tutganlarning misoli o`ziga uy tutgan o`rgimchakka o`xshaydir. Holbuki, eng zaif uy o`rgimchakning uyasidir. Koshki, bilsalar edi. Ankabut 29:41
Tafsir:
Allohni qoʻyib, but, sanamlarga ibodat qiladigan, oʻshalardan foyda, shafoat kutadigan mushriklar xuddi dushmanlardan himoyalanish uchun oʻziga in qurib olgan oʻrgimchakka oʻxshaydilar. Eng nimjon uy oʻrgimchak uyasidir. U dushmandan himoya qila olmaydi. Shunga oʻxshab, but, sanamlardan ham foyda yoʻq. Ular ham na bir foyda yoki zarar qila oladilar va na bir shafoat. Mushriklar shuni bilganlarida edi, Allohni qoʻyib, but, sanamlarga ibodat qilmagan boʻlardilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ankabut • Oyat 40 Keyingi Ankabut • Oyat 42