Sura Al-Ankabut (O‘rgimchak — العنكبوت) (Oyat 44)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




29 Al-Ankabut(العنكبوت), Oyat 44

خَلَقَ اللَّهُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ بِالْحَقِّ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَآيَةً لِلْمُؤْمِنِينَ 44 ٤٤

Alloh osmonlar va yerni haq ila yaratgandir. Albatta, bunda mo`minlar uchun oyat-belgi bordir. (44)

Tafsir
Alloh osmonlarni ham, zaminni ham haq ila yaratdi. Ularni bekorga yaratgani yoʻq. Bu ishda moʻminlar uchun Allohning qudratini koʻrsatuvchi belgilar bor. Aynan moʻminlar uchun. Chunki faqat ulargina Alloh yaratgan narsalardagi belgilarni koʻra oladilar. Kofirlar esa oʻzlaridagi oyat-alomatlar yonidan ham, ufqlardagi belgilar oldidan ham beparvo oʻtib ketaveradilar. Ulardan Yaratuvchining naqadar buyukligini, har ishga Qodir Zot ekanini topib ololmaydilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin