Sura Al-Ankabut (O‘rgimchak — العنكبوت) (Oyat 45)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




29 Al-Ankabut(العنكبوت), Oyat 45

اتْلُ مَا أُوحِيَ إِلَيْكَ مِنَ الْكِتَابِ وَأَقِمِ الصَّلَاةَ ۖ إِنَّ الصَّلَاةَ تَنْهَىٰ عَنِ الْفَحْشَاءِ وَالْمُنْكَرِ ۗ وَلَذِكْرُ اللَّهِ أَكْبَرُ ۗ وَاللَّهُ يَعْلَمُ مَا تَصْنَعُونَ 45 ٤٥

Senga kitobdan vahiy qilingan narsani tilovat qil va namozni to`kis ado et, albatta, namoz fohisha va munkar ishlardan qaytarur. Albatta, Allohning zikri buyuk ishdir. Alloh nima qilsangiz, bilur. (45)

Tafsir
Ey Paygʻambar, odamlarga oʻzingizga vahiy qilingan Quronni oʻqib bering. Namozni toʻkis ado eting. Toʻkis ado etilgan namoz namozxonni gunohlar, yomonliklar qilishdan qaytaradi. Chunki u qalblarga gunohlar yoʻlini toʻsib qoʻyadigan, yaxshi ishlarni qilishga yoʻnaltirib turadigan bir nur baxsh etadi. Allohning zikri hamma narsadan ulugʻdir. Alloh sizlar qilayotgan ishlardan Xabardor. Biron amalingiz U Zotdan yashirin qola olmas. Yaqinda amallaringizga yarasha jazo yoki mukofotingizni berur. Yaxshi ishlarni qilgan boʻlsangiz, mukofotga erishasiz, yomon ishlarni qilgan boʻlsangiz, jazoga tortilasiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin