Sura Ankabut (O‘rgimchak — العنكبوت) (Oyat 52)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




29 Ankabut(العنكبوت), Oyat 52

قُلْ كَفَىٰ بِاللَّهِ بَيْنِي وَبَيْنَكُمْ شَهِيدًا ۖ يَعْلَمُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۗ وَالَّذِينَ آمَنُوا بِالْبَاطِلِ وَكَفَرُوا بِاللَّهِ أُولَٰئِكَ هُمُ الْخَاسِرُونَ 52 ٥٢

Sen: «Men bilan sizning oramizda guvohlikka Allohning O`zi kifoyadir. U osmonlaru yerdagi narsani bilur. Botilga iymon keltirib, Allohga kufr keltirganlar, ana o`shalar o`zlari ziyon ko`rguvchilardir», deb ayt. (52)

Tafsir
Ey Paygʻambar, ayting: "Mening haq ekanimga va sizlarning haqni tan olmayotganingizga guvoh boʻlishga Alloh kifoya qiladi. U Zot osmonlaru yerdagi bor narsani bilur. Biron narsa U Zotdan yashirin qola olmas. Mabudlikka mutlaqo loyiq boʻlmagan botil butlarga iymon keltirib, mabudlikka yolgʻiz Oʻzi loyiq boʻlgan Allohga kofir boʻlganlar — ana oʻshalar ziyon koʻrguvchilardir. Chunki ular iymonni kufrga almashtirdilar, sotib yubordilar".

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin