Sura Ankabut (O‘rgimchak — العنكبوت) (Oyat 63)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




29 Ankabut(العنكبوت), Oyat 63

وَلَئِنْ سَأَلْتَهُمْ مَنْ نَزَّلَ مِنَ السَّمَاءِ مَاءً فَأَحْيَا بِهِ الْأَرْضَ مِنْ بَعْدِ مَوْتِهَا لَيَقُولُنَّ اللَّهُ ۚ قُلِ الْحَمْدُ لِلَّهِ ۚ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْقِلُونَ 63 ٦٣

Agar ulardan: «Osmondan suv tushirib, u bilan o`lgan yerni tiriltirgan kim?!» deb so`rasang, albatta, ular: «Alloh», derlar. Sen: «Allohga hamd bo`lsin!» deb ayt. Yo`q! Ularning ko`plari aql yuritmaslar. (63)

Tafsir
Ey Paygʻambar, mushriklardan: "Osmondan yomgʻir yogʻdirib, oʻlik yerni yashnatgan kim?", deb soʻrasangiz: "Alloh", deyishlari aniq. Ey Paygʻambar, ayting: "Oʻzingizga qarshi hujjatni keltirib qoʻygan Allohga hamd boʻlsin". Yoʻq! Aslida ularning aksari aql yuritmaydilar. Aql yuritganlarida edi, foyda ham, zarar ham keltira olmaydigan but-sanamlarni Allohga sherik qilmagan boʻlardilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin