Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Biz ularga Haramni omonlik joyi qilib qo`yganimizni bilmabmidilar?! Holbuki, ularning atrofida odamlar talon-tarojga uchramoqdalar. Ular botilga iymon keltirib, Allohning ne'matiga kufr keltirurlarmi?! (67)
Tafsir
Alloh ularni gʻarq boʻlishdan qutqarib qoldi. Ular esa bu nematga nonkoʻrlik qildilar. Mana endi yana bir nematni koʻra olmayaptilar. Atrofidagilar talon-torojga uchrab, qatl qilinib, asir olinib, ayollari choʻriga, bolalari esa qulga aylantirilib turgan bir davrda Biz ularga Haramni jonlarini ham, mollarini ham har qanday bosqinchilikdan saqlab turadigan bir tinch-osoyishta dargoh qilib berdik. Oʻzlari toʻqib olgan botil xudolariga ishonib, Allohning nematiga shukr qilmasdan kufr keltiradilarmi?
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: