Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 101)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 101

وَكَيْفَ تَكْفُرُونَ وَأَنْتُمْ تُتْلَىٰ عَلَيْكُمْ آيَاتُ اللَّهِ وَفِيكُمْ رَسُولُهُ ۗ وَمَنْ يَعْتَصِمْ بِاللَّهِ فَقَدْ هُدِيَ إِلَىٰ صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ 101 ١٠١

Allohning oyatlari sizga tilovat qilinib turgan bo`lsa-yu, Uning Rasuli ichingizda bo`lsa-yu, qanday qilib kufr keltirasiz?! Kim Allohni mahkam tutsa, shubhasiz, to`g`ri yo`lga hidoyat topgan bo`ladir. (101)

Tafsir
Qanday qilib iymon keltirgandan keyin ham yana Allohga kofir boʻlasizlar? Iymonda sabot bilan mustahkam turishga yetarli asosingiz bor-ku! Allohning oyatlari sizlarga oʻqilib turgan boʻlsa, Paygʻambar alayhissalomning oʻzi oldingizda tursa, bundan ortiq asos boʻlishi mumkinmi? Kim Allohning kitobi va paygʻambarining sunnatini mahkam ushlasa, uni Alloh hech bir qingʻirligi yoʻq toʻgʻri yoʻlga muvaffaq aylab qoʻyibdi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin