Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 117)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ularning bu dunyo hayotida qiladigan nafaqalari misoli o`ziga zulm qilgan bir qavmning ekinini urib halok qilgan sovuq shamolga o`xshaydir. Alloh ularga zulm qilmadi. Lekin ular o`zlariga zulm qildilar. (117)
Tafsir
Oʻzlaricha yaxshilik yoʻlida infoq-ehson qiladigan oʻsha kofirlar va ularning shu ishlari uchun savob umid qilishlari xuddi nonkoʻrligu gunohlar bilan oʻzlariga oʻzlari zulm qilgan qavmning ekinzoridan moʻl hosil olishni umid qilib turgan bir paytida unga bir shiddatli shamol kelib, hamma ekinlarini uchirib ketganiga oʻxshaydi. Oʻsha qavm ekkan ekinidan hech qanday hosil ololmagani kabi kofirlar ham qilgan ehsonlari uchun hech qanday savob ololmaydilar. Ularga Alloh zulm qilmadi. Allohga va paygʻambarlariga kufr keltirishlari bilan oʻzlariga oʻzlari zulm qildilar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: