Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 119)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 119

هَا أَنْتُمْ أُولَاءِ تُحِبُّونَهُمْ وَلَا يُحِبُّونَكُمْ وَتُؤْمِنُونَ بِالْكِتَابِ كُلِّهِ وَإِذَا لَقُوكُمْ قَالُوا آمَنَّا وَإِذَا خَلَوْا عَضُّوا عَلَيْكُمُ الْأَنَامِلَ مِنَ الْغَيْظِ ۚ قُلْ مُوتُوا بِغَيْظِكُمْ ۗ إِنَّ اللَّهَ عَلِيمٌ بِذَاتِ الصُّدُورِ 119 ١١٩

Hoy, sizlar! Ularni yaxshi ko`rasizlar-u, ular sizni yaxshi ko`rmaslar. Sizlar kitobning hammasiga iymon keltirasizlar-u, ular sizlarni ko`rganda, iymon keltirdik, derlar, ammo xoli qolganlarida, sizlarga bo`lgan qattiq achchiqlaridan barmoq tishlarlar. «Achchiqlaring bilan o`lib ketinglar», deb ayt. Albatta, Alloh dillarni egallagan narsalarni biluvchidir. (119)

Tafsir
Ey moʻminlar, mana, sizlar ularni yaxshi koʻrasizlar, ularga yaxshilikni sogʻinasizlar. Ular esa sizlarni yaxshi koʻrmaydilar, sizlarga yaxshilikni sogʻinmaydilar, aksincha, sizlarni yomon koʻradilar, nafratlanadilar. Sizlar ularga nozil boʻlgan kitoblarga ham iymon keltirasizlar. Ular esa sizlarning paygʻambaringizga nozil qilingan Kitobga iymon keltirmaydilar. Ularga roʻbaroʻ kelganingizda, doʻstmiz, deydilar. Bir-birlari bilan yolgʻiz qolganlarida esa sizlarning birligingiz, yakdilligingizni, Islomning azizligini, oʻzlarining esa xorligini koʻrib, hasaddan yonadilar, barmoqlarini tishlaydilar. Ey Paygʻambar alayhissalom, ularga ayting : "Hasad va nafratingiz bilan qoʻshmozor boʻling!" Alloh kimning qalbida iymon va ezgulik borligini va kimning qalbida kufr va yovuzlik borligini juda yaxshi biladigan Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin