Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 120)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 120

إِنْ تَمْسَسْكُمْ حَسَنَةٌ تَسُؤْهُمْ وَإِنْ تُصِبْكُمْ سَيِّئَةٌ يَفْرَحُوا بِهَا ۖ وَإِنْ تَصْبِرُوا وَتَتَّقُوا لَا يَضُرُّكُمْ كَيْدُهُمْ شَيْئًا ۗ إِنَّ اللَّهَ بِمَا يَعْمَلُونَ مُحِيطٌ 120 ١٢٠

Sizga yaxshilik tegsa, ularga yomon bo`ladir. Sizlarga musiybat yetsa, ular xursand bo`larlar. Agar sabr va taqvo qilsangiz, ularning makri sizga hech zarar qilmas. Albatta, Alloh qilayotgan ishlarini ihota qilguvchidir. (120)

Tafsir
Ey moʻminlar, dushman ustidan gʻalaba, farzand koʻrish yoki mol-davlat kabi biron nematga erishsangizlar, ular xafa boʻlib, gʻam-gʻussaga botadilar. Dushmandan magʻlub boʻlish farzand dogʻi yoki mol-davlatdan ayrilish kabi biron musibatga yoʻliqsangizlar, ular xursand boʻlib, yayrab ketadilar. Allohning gʻazabidan qoʻrqib, farmonlari va qadarlariga sabr qilsangizlar, ularning ozorlari ham, makru nayranglari ham sizlarga zarar yetkaza olmaydi. Alloh ularning qilayotgan nayranglaridan ogoh turibdi va yaqinda oʻsha nayranglarini ish bermaydigan qilib qoʻyadi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin