Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 125)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
«Ha (kifoya qiladir)! Agar sabr va taqvo qilsangiz, ular shu payt kelib qolsalar ham, Robbingiz sizga belgili besh ming farishta ila madad beradir». (125)
Tafsir
Ha, albatta yetadi. Sizlarga Alloh tarafidan boshqa bir xushxabar ham bor. Dushmanga kelgan madad kuchi shiddat bilan ustingizga yopirilib kelayotganda sabr-matonat bilan tursangizlar va Allohdan taqvo qilsangizlar, Parvardigoringiz sizlarga besh ming farishtani madad kuchi qilib yuboradi. Ular oʻzlarini ham, otlarini ochiq koʻrsatib keladilar.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: