Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 135)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Va ular fohisha ish yoki o`zlariga zulm qilgan chog`larida Allohni eslab, gunohlarini mag`firat qilishni so`rarlar, gunohlarini Allohdan o`zga kim ham mag`firat qilardi? Va ular bilib turib, qilgan gunohlarida bardavom bo`lmaslar. (135)
Tafsir
Ular gunohi kabira qilsalar yoki undan quyiroq xatolarga yoʻl qoʻysalar, darhol Alloh taoloni eslaydilar, Uning osiylar oqibati haqidagi shum vadasini ham, taqvodorlar haqidagi xush vadasini ham yodga oladilar-da, Parvardigorlariga gunohlarini oshkor qilmasligini va azoblamasligini soʻrab iltijo qiladilar. Zero, gunohlarni yolgʻiz Allohgina kechiradi. Ular gunoh qilayotganlarini bilib turib, yana sarkashlik bilan davom etavermaydilar. Alloh hamma gunohlarni kechiradi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: