Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 13)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 13

قَدْ كَانَ لَكُمْ آيَةٌ فِي فِئَتَيْنِ الْتَقَتَا ۖ فِئَةٌ تُقَاتِلُ فِي سَبِيلِ اللَّهِ وَأُخْرَىٰ كَافِرَةٌ يَرَوْنَهُمْ مِثْلَيْهِمْ رَأْيَ الْعَيْنِ ۚ وَاللَّهُ يُؤَيِّدُ بِنَصْرِهِ مَنْ يَشَاءُ ۗ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَعِبْرَةً لِأُولِي الْأَبْصَارِ 13 ١٣

«Sizga to`qnashgan ikki firqada ibrat bor edi. Bir firqa Allohning yo`lida urishadir. Boshqasi kofirdir. Ular o`z ko`zlari bilan (dushman) o`zlariga ikki barobarligini ko`rib turardilar. Va Alloh kimni xohlasa, o`shani O`z nusrati ila qo`llaydir. Albatta, bunda aql egalari uchun ibrat bordir», deb ayt. (13)

Tafsir
Badr kunida jang qilish uchun toʻqnash kelgan ikki guruhda sizlar uchun ibrat bor edi. Ulardan biri Alloh yoʻlida Allohning kalimasi oliy boʻlishi, kofirlar kalimasi esa mahv etilishi uchun jang qilayotgan Paygʻambar alayhissalom va sahobalardan iborat moʻminlar guruhi boʻlsa, ikkinchisi kattazanglik, riyo va tarafkashlik bayrogʻi ostida urushga chiqqan Makka kofirlari edi. Moʻminlar ularning ikki barobar koʻpligini oʻz koʻzlari bilan koʻrdilar. Alloh Oʻzining doʻstlariga nusrat-gʻalaba berdi. Alloh Oʻzi istagan bandalarini gʻalaba bilan quvvatlaydi. Bu ishda fikr yurita oladiganlar uchun ibrat va nasihat bordir. Toki, gʻalaba soni oz boʻlsa-da, ahli iymonniki ekanini, magʻlubiyat esa soni koʻp boʻlsa-da, ahli botilniki ekanini bilib olsinlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin