Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Oli Imron — Oyat 13 (Oʻzbekcha) — Video

Oli Imron • Oyat 200 dan 13 • Oʻzbekcha


قَدْ كَانَ لَكُمْ آيَةٌ فِي فِئَتَيْنِ الْتَقَتَا ۖ فِئَةٌ تُقَاتِلُ فِي سَبِيلِ اللَّهِ وَأُخْرَىٰ كَافِرَةٌ يَرَوْنَهُمْ مِثْلَيْهِمْ رَأْيَ الْعَيْنِ ۚ وَاللَّهُ يُؤَيِّدُ بِنَصْرِهِ مَنْ يَشَاءُ ۗ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَعِبْرَةً لِأُولِي الْأَبْصَارِ 13
Tarjima:
«Sizga to`qnashgan ikki firqada ibrat bor edi. Bir firqa Allohning yo`lida urishadir. Boshqasi kofirdir. Ular o`z ko`zlari bilan (dushman) o`zlariga ikki barobarligini ko`rib turardilar. Va Alloh kimni xohlasa, o`shani O`z nusrati ila qo`llaydir. Albatta, bunda aql egalari uchun ibrat bordir», deb ayt. Oli Imron 3:13
Tafsir:
Badr kunida jang qilish uchun toʻqnash kelgan ikki guruhda sizlar uchun ibrat bor edi. Ulardan biri Alloh yoʻlida Allohning kalimasi oliy boʻlishi, kofirlar kalimasi esa mahv etilishi uchun jang qilayotgan Paygʻambar alayhissalom va sahobalardan iborat moʻminlar guruhi boʻlsa, ikkinchisi kattazanglik, riyo va tarafkashlik bayrogʻi ostida urushga chiqqan Makka kofirlari edi. Moʻminlar ularning ikki barobar koʻpligini oʻz koʻzlari bilan koʻrdilar. Alloh Oʻzining doʻstlariga nusrat-gʻalaba berdi. Alloh Oʻzi istagan bandalarini gʻalaba bilan quvvatlaydi. Bu ishda fikr yurita oladiganlar uchun ibrat va nasihat bordir. Toki, gʻalaba soni oz boʻlsa-da, ahli iymonniki ekanini, magʻlubiyat esa soni koʻp boʻlsa-da, ahli botilniki ekanini bilib olsinlar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Oli Imron • Oyat 12 Keyingi Oli Imron • Oyat 14