Odamlarga ayollardan, bolalardan, to`p-to`p tillo va kumushdan, go`zal otlardan, chorvadan, ekin-tikindan iborat shahvatlarning muhabbati ziynatlandi. Ular dunyo hayotining matohidir. Allohning huzurida esa, husnli qaytar joy bor. Oli Imron 3:14 ⧉
Tafsir:
Alloh taolo xabar beryaptiki, odamlarni sinash uchun ularga ayollar, bolalar, tilla, kumush kabi boyliklar, qimmatbaho dongʻi chiqqan otlar, tuya, sigir, qoʻy kabi chorvalar hamda ekin-tikinlar kabi istak-hohishlarga qoʻngil qoʻyish chiroyli, yoqimli qilib koʻrsatildi. Aslida bu narslar dunyoning oʻtkinchi narsalari. Ulardan bir muddatgina foydalanish mumkin, xolos. Keyin hammasi bir zumda yoʻq boʻlib ketadi. Moʻmin odamga ularga koʻngil berish yarashmaydi. Zero, eng goʻzal oqibat, qaytib borar joy Allohning huzuridadir. U kengligi osmonlaru yercha boʻlgan jannatdir.