Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 144)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 144

وَمَا مُحَمَّدٌ إِلَّا رَسُولٌ قَدْ خَلَتْ مِنْ قَبْلِهِ الرُّسُلُ ۚ أَفَإِنْ مَاتَ أَوْ قُتِلَ انْقَلَبْتُمْ عَلَىٰ أَعْقَابِكُمْ ۚ وَمَنْ يَنْقَلِبْ عَلَىٰ عَقِبَيْهِ فَلَنْ يَضُرَّ اللَّهَ شَيْئًا ۗ وَسَيَجْزِي اللَّهُ الشَّاكِرِينَ 144 ١٤٤

Muhammad ham bir Payg`ambar, xolos. Undan avval ham Payg`ambarlar o`tgan. Agar u o`lsa yoki qatl qilinsa, orqangizga qaytasizmi?! Kimki orqasiga qaytsa, Allohga hech zarar keltira olmas. Va Alloh shukr qiluvchilarni mukofotlar. (144)

Tafsir
Muhammad ham xuddi oldingi oʻtgan, vafot etgan yoki qatl qilingan paygʻambarlar kabi bir paygʻambar. Endi u oʻlsa yo qatl qilinsa, jihodni tashlab, diningizdan tonib ketaverasizmi? Kim dinidan qaytsa, Allohga hech qanday zarar yetkaza olmaydi. Zero, U kuchli, Aziz, gʻolib Zotdir. Dinidan qaytgan murtad esa dunyo va oxiratini boy berib, faqat oʻziga zarar qiladi, xolos. Alloh oʻz dinida va dini yoʻlidagi jihodda sabot bilan turadigan shukr qilguvchilarni munosib mukofotlaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin