Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 14)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Odamlarga ayollardan, bolalardan, to`p-to`p tillo va kumushdan, go`zal otlardan, chorvadan, ekin-tikindan iborat shahvatlarning muhabbati ziynatlandi. Ular dunyo hayotining matohidir. Allohning huzurida esa, husnli qaytar joy bor. (14)
Tafsir
Alloh taolo xabar beryaptiki, odamlarni sinash uchun ularga ayollar, bolalar, tilla, kumush kabi boyliklar, qimmatbaho dongʻi chiqqan otlar, tuya, sigir, qoʻy kabi chorvalar hamda ekin-tikinlar kabi istak-hohishlarga qoʻngil qoʻyish chiroyli, yoqimli qilib koʻrsatildi. Aslida bu narslar dunyoning oʻtkinchi narsalari. Ulardan bir muddatgina foydalanish mumkin, xolos. Keyin hammasi bir zumda yoʻq boʻlib ketadi. Moʻmin odamga ularga koʻngil berish yarashmaydi. Zero, eng goʻzal oqibat, qaytib borar joy Allohning huzuridadir. U kengligi osmonlaru yercha boʻlgan jannatdir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: