Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 156)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 156

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا لَا تَكُونُوا كَالَّذِينَ كَفَرُوا وَقَالُوا لِإِخْوَانِهِمْ إِذَا ضَرَبُوا فِي الْأَرْضِ أَوْ كَانُوا غُزًّى لَوْ كَانُوا عِنْدَنَا مَا مَاتُوا وَمَا قُتِلُوا لِيَجْعَلَ اللَّهُ ذَٰلِكَ حَسْرَةً فِي قُلُوبِهِمْ ۗ وَاللَّهُ يُحْيِي وَيُمِيتُ ۗ وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ 156 ١٥٦

Ey, iymon keltirganlar! Kufr keltirganlarga va yer yuzida yurgan va g`oziy bo`lgan birodarlari haqida, agar bizning huzurimizda bo`lganlarida o`lmas edilar va qatl qilinmas edilar, deydiganlarga o`xshamang. Buni Alloh qalblarida hasrat qilishi uchun ayturlar. Alloh tiriltirur va o`ldirur. Alloh qilgan amallaringizni ko`ruvchi Zotdir. (156)

Tafsir
Ey Allohga iymon keltirgan va paygʻambariga ergashgan moʻminlar, munofiq kofirlarga oʻxshamangiz! Ular tirikchilik uchun safar qilgan yoki gʻazotga chiqib ketgan yaqinlari haqida: "Safar qilmasdan, gʻazotga chiqmasdan, biz bilan qolganlarida oʻlmagan va oʻldirilmagan boʻlardilar", deyishadi. Alloh ularning qalblaridagi hasratu nadomatni ziyoda qilish uchun dillariga shunday etiqodni solib qoʻydi. Aslida esa tiriltiradigan ham, oʻldiradigan ham yolgʻiz Allohning Oʻzidir. Alloh Oʻzi istagan ishni qiladi. Uning qadarini uyda oʻtirish toʻxtatib qololmaydi, safar yo gʻazotga chiqish esa tezlashtirolmaydi. Alloh qilayotgan ishlaringizni koʻrib-bilib turibdi. Undan hech bir ish yashirin emas. Yaqinda amallaringizga yarasha jazo yoki mukofotingizni beradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin