Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 159)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 159

فَبِمَا رَحْمَةٍ مِنَ اللَّهِ لِنْتَ لَهُمْ ۖ وَلَوْ كُنْتَ فَظًّا غَلِيظَ الْقَلْبِ لَانْفَضُّوا مِنْ حَوْلِكَ ۖ فَاعْفُ عَنْهُمْ وَاسْتَغْفِرْ لَهُمْ وَشَاوِرْهُمْ فِي الْأَمْرِ ۖ فَإِذَا عَزَمْتَ فَتَوَكَّلْ عَلَى اللَّهِ ۚ إِنَّ اللَّهَ يُحِبُّ الْمُتَوَكِّلِينَ 159 ١٥٩

Allohning rahmati ila ularga muloyim bo`lding. Agar qo`pol, qalbi qattiq bo`lganingda, atrofingdan tarqab ketar edilar. Bas, ularni afv et. Ularga istig`for ayt va ular bilan ishlarda mashvarat qil. Azmu qaror qilganingdan so`ng Allohga tavakkal qil. Albatta, Alloh tavakkal qiluvchilarni sevadir. (159)

Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, Allohning buyuk rahmati bilan sahobalaringizga nisbatan goʻzal xulqli, xushmuomala boʻldingiz. Agar gapingizda ham, amalingizda ham qoʻpol, dagʻal, toshbagʻir boʻlganingizda hammasi atrofingizdan tirqirab ketardi. Shunday ekan, ularning sizga nisbatan qilayotgan aybu nuqsonlarini kechirib yuboring va ularga magʻfirat tilang. Mashvarat zarur boʻlgan oʻrinlarda ularning fikrlarini soʻrang. Mashvaratdan soʻng aniq bir qarorga kelgach, Allohga tavakkal qilib, olgʻa yuravering. Alloh tavakkal qiluvchilarni yaxshi koʻradi, ularni qoʻllab-quvvatlaydi, ularga muvaffaqiyat ato etadi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin