Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 160)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 160

إِنْ يَنْصُرْكُمُ اللَّهُ فَلَا غَالِبَ لَكُمْ ۖ وَإِنْ يَخْذُلْكُمْ فَمَنْ ذَا الَّذِي يَنْصُرُكُمْ مِنْ بَعْدِهِ ۗ وَعَلَى اللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ الْمُؤْمِنُونَ 160 ١٦٠

Agar sizga Alloh nusrat bersa, sizdan g`olib keluvchi yo`q. Agar sizni tashlab qo`ysa, Undan o`zga kim ham yordam berar edi. Mo`minlar faqat Allohgagina tavakkal qilsinlar. (160)

Tafsir
Alloh Oʻz madadi va nusrati ila sizlarni qoʻllar ekan, butun yer yuzi bir boʻlib kelganda ham hech qanday kuch sizlarni yenga olmaydi. Agar Alloh madadini toʻxtatib, oʻzingizni oʻzingizga tashlab qoʻysa, Allohdan boshqa hech kim sizlarga madad qoʻlini uzatolmaydi. Bas, nusrat yolgʻiz Allohning Qoʻlidadir. Shunday ekan, moʻminlar yolgʻiz Allohgagina suyansinlar, tayansinlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin