Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 165)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Sen: «Sizga musiybat yetgan paytda, holbuki, o`zingiz ham ikki baravarini yetkazgan edingiz, bu qayerdan, deysizmi?! Bu o`zingizning huzuringizdan!» deb ayt. Albatta, Alloh hamma narsaga qodirdir. (165)
Tafsir
Ey moʻminlar, Uhud jangida magʻlub boʻlib, musibatga yoʻliqsangizlar, sizlardan halok boʻlganlar soni Badrdagi dushmanlardan halok boʻlganlar sonining yarmicha boʻlsa ham: "Biz moʻmin boʻla turib, paygʻambar bizning oramizda boʻla turib magʻlub boʻlamizmi", deysizlarmi? Ey Paygʻambar alayhissalom, ayting: "Sizlarga nima musibat yetgan boʻlsa, oʻzingizdan boʻldi. Talashib-tortishdingiz, Paygʻambarga boʻysunmadingiz". Alloh har ishga qodirdir. Oʻzi istagan odamiga gʻalaba, istagan odamiga magʻlubiyat beradi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: