Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 167)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 167

وَلِيَعْلَمَ الَّذِينَ نَافَقُوا ۚ وَقِيلَ لَهُمْ تَعَالَوْا قَاتِلُوا فِي سَبِيلِ اللَّهِ أَوِ ادْفَعُوا ۖ قَالُوا لَوْ نَعْلَمُ قِتَالًا لَاتَّبَعْنَاكُمْ ۗ هُمْ لِلْكُفْرِ يَوْمَئِذٍ أَقْرَبُ مِنْهُمْ لِلْإِيمَانِ ۚ يَقُولُونَ بِأَفْوَاهِهِمْ مَا لَيْسَ فِي قُلُوبِهِمْ ۗ وَاللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا يَكْتُمُونَ 167 ١٦٧

Va munofiqlik qilayotganlarni bilish uchun yetdi. Va ularga: «Kelinglar, Allohning yo`lida urush qilinglar yoki mudofaa qilinglar», deyildi. Ular: «Agar jang bo`lishini aniq bilsak, sizga ergashardik», – dedilar. Ular o`sha kunda iymondan ko`ra kufrga yaqinroq edilar. Tillari bilan dillarida yo`q narsani ayturlar. Alloh berkitayotgan narsalarini yaxshi biluvchi Zotdir. (167)

Tafsir
Munofiqlar ham ochiq koʻrinsin. Ularga: "Allohning yoʻlida jang qilinglar yoki musulmonlar sonini oshirish bilan dushmanni daf qilinglar", deyilsa, ular: "Jang boʻlishini aniq bilganimizda-ku sizlarga ergashgan boʻlardik, ammo jang boʻladiganga oʻxshamayapti-da", dedilar. Oʻsha paytda ular iymondan koʻra kufrga yaqinroq edilar. Tili boshqa, dili boshqa boʻlib, tillaridagi gaplari dillaridagi niyatlariga toʻgʻri kelmas edi. Alloh esa ularning yashirin niyatlarini ham biladi va yaqinda oʻshanga yarasha jazosini ham beradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin