Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 170)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 170

فَرِحِينَ بِمَا آتَاهُمُ اللَّهُ مِنْ فَضْلِهِ وَيَسْتَبْشِرُونَ بِالَّذِينَ لَمْ يَلْحَقُوا بِهِمْ مِنْ خَلْفِهِمْ أَلَّا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ 170 ١٧٠

Ular Alloh O`z fazlidan bergan narsalardan xursandlar va hali ortlaridan o`zlariga qo`shilmagan birodarlariga, ularga xavf yo`qligining hamda xafa ham bo`lmasliklarining xushxabarini bermoqdalar. (170)

Tafsir
Ular mudom baxtu saodat va shodligu xursandlik ogʻushida boʻlib, bu dunyoda qolgan birodarlari ham Alloh yoʻlidagi jihodda halok boʻlib, tezroq yonlariga kelishlarini va oʻzlaridek nozu nematlarga noil boʻlishlarini orzu-umidlar bilan kutib yuradilar. Ular uchun oxiratda hech qanday xavf-xatar yoʻq va bu dunyoda erisholmay qolgan narsalariga xafa ham boʻlmaslar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin