Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 172)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 172

الَّذِينَ اسْتَجَابُوا لِلَّهِ وَالرَّسُولِ مِنْ بَعْدِ مَا أَصَابَهُمُ الْقَرْحُ ۚ لِلَّذِينَ أَحْسَنُوا مِنْهُمْ وَاتَّقَوْا أَجْرٌ عَظِيمٌ 172 ١٧٢

Ular jarohat yetgandan keyin ham Alloh va Payg`ambar chaqirig`iga javob beradiganlardir. Ulardan yaxshilik va taqvo qilganlariga ulug` ajrlar bordir. (172)

Tafsir
Uhud jangida jarohat olganiga qaramasdan, uning ortidanoq "Hamroul-asad" gʻazoti uchun Allohning yoʻlida jang qilishga chorlanganda Alloh va rasulining farmoniga labbay, deya javob berganlar orasidagi ishni sidqidildan bajarganlar va Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qilganlar uchun Parvardigori olam tarafidan buyuk ajr - jannat bordir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin