Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 176)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Kufrga oshiqayotganlar seni xafa qilmasin. Albatta, ular hargiz Allohga biror zarar yetkaza olmaslar. Alloh ularga oxiratda nasiba qilmaslikni xohlaydir. Ularga ulkan azob bordir. (176)
Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, munofiqlarning yoʻldan ozib, kufr sari oshiqayotganlari sizni xafa qilib, gʻam-anduhga solmasin. Chunki ular Allohga hech qanday zarar qila olmaydilar. Allohga iymon keltirish va itoat etishdan bosh tortish bilan ular faqat oʻzlariga zarar qiladilar, xolos. Alloh ularning betavfiqligicha qolishlarini istaydi. Toki, ularga oxirat nematlaridan biron nasiba tegmasin. Ularga doʻzaxda alamli azob bordir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: