Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 180)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 180

وَلَا يَحْسَبَنَّ الَّذِينَ يَبْخَلُونَ بِمَا آتَاهُمُ اللَّهُ مِنْ فَضْلِهِ هُوَ خَيْرًا لَهُمْ ۖ بَلْ هُوَ شَرٌّ لَهُمْ ۖ سَيُطَوَّقُونَ مَا بَخِلُوا بِهِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ ۗ وَلِلَّهِ مِيرَاثُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ ۗ وَاللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ خَبِيرٌ 180 ١٨٠

Alloh O`z fazlidan bergan narsaga baxillik qilganlar buni o`zlariga yaxshilik deb hisoblamasinlar. Aksincha, bu ularga yomonlikdir. Qiyomat kuni baxillik qilgan narsalari ila bo`yinlari o`ralur. Osmonlaru yerning merosi Allohgadir. Va Alloh qilayotgan amallaringizdan xabardordir. (180)

Tafsir
Alloh fazlu karami bilan ato qilgan boylikdan Allohning haqini - zakotni berishga baxillik qilgan kimsalar bu qilmishlarini oʻzlari uchun yaxshilik deb hisoblamasinlar. Aksincha, bu ishlari ular uchun yomonlikdir. Chunki shu baxillik qilgan narsalari yaqinda Qiyomat kunida boʻyinlariga tavqi lanat boʻlib osiladi va u bilan azoblanadilar. Osmonlaru yerdagi hamma narsa yolgʻiz Allohga meros boʻlib qoladi. Hamma maxluqotlar oʻlib ketganidan keyin ham U Zot tirik boʻladi. Alloh qilayotgan ishlaringizni eng nozik nuqtalarigacha koʻrib-bilib turibdi va yaqinda munosib jazo yoki mukofotingizni beradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin