Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 183)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
«Albatta, Alloh bizdan o`tda kuyadigan qurbonlik keltirmagan Payg`ambarga ishonmasligimizga ahd olgan», deydiganlarga: «Mendan oldin ham sizlarga Payg`ambarlar ochiq-oydin bayonotlar va siz aytgan narsa bilan kelganlar. Agar rostgo`y bo`lsalaringiz, nimaga ularni o`ldirdingiz?» deb ayt. (183)
Tafsir
Ular yolgʻon soʻzlab, boʻhton qilib, shunday deydilar: "Alloh bizga Oʻzining kitoblarida va paygʻambarlari orqali biron paygʻambarga to u oʻzining haqligiga bir hujjat keltirmagunicha, yani, uning Allohga atab qilgan sadaqasini samodan bir oʻt tushib, yondirib yubormagunicha iymon keltirmaslikni buyurgan". Alloh shunday buyurgan deyishlari va paygʻambarlarga ishonishni aynan shu ishga bogʻlab qoʻyishlari yolgʻon va boʻhtondir. Shuning uchun Alloh paygʻambari Muhammad alayhissalomga shunday deyishni buyurdi: "Mendan oldingi paygʻambarlar oʻzlarining haq ekanliklariga ochiq hujjatlarni ham, sizlar aytayotgan samodan oʻt tushib, yondirib yuboradigan qurbonlikni ham keltirgan edilar-ku. Xoʻsh, qani, gaplaringiz rost boʻlsa, aytinglar-chi, nima uchun ularni yolgʻonchiga chiqardinglar va oʻldirdinglar?!
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: