Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 186)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Albatta, molu jonda sinovga uchraysiz. Albatta, sizdan oldin kitob berilganlardan va shirk keltirganlardan ko`plab ozor eshitasiz. Agar sabr qilsangiz va taqvo qilsangiz, albatta, bu salmoqli ishlardandir. (186)
Tafsir
Ey moʻminlar, molu davlatingiz borasida unga oid vojiblarni bajarish va musibatlar yetishi bilan sinalasizlar. Joningiz borasida esa shariat talablarini bajarish va ustingizga tushadigan turli baloyu ofatlar bilan imtihon qilinasizlar. Sizlardan oldingi kitob berilganlardan ham, shirk keltirganlardan ham oʻzingizga va diningizga tanayu dashnomlar otish kabi koʻp ozorlarga uchraysizlar. Bu baloyu musibatlarga sabr qilib, Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish bilan taqvo qilsangizlar, bu ishingiz orzu-havas qilishga, unga yetish yoʻlida bellashishga arziydigan ish boʻladi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: