Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 19)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Albatta, Allohning huzuridagi din Islomdir. Kitob berilganlar faqat ularga ilm kelgandan so`ng, o`zaro hasad qilishibgina ixtilof qildilar. Kim Allohning oyatlariga kufr keltirsa, bas, albatta, Alloh hisobni tezda qiluvchidir. (19)
Tafsir
Alloh nazdida maqbul din Islomdir. U yolgʻiz Allohga boʻysunish, taslim boʻlish, toat-ibodat qilish, hamma paygʻambarlarga, jumladan, ularning xotimalovchisi Muhammad alayhissalomga iymon kelirish va yolgʻiz u kishining shariatidan boshqasini tan olmaslikdir. Yahud va nasorolar ilm-hujjat kelganidan keyin hasadlari va dunyoga qoʻygan hirslari tufayli diniy firqalarga, guruhlarga boʻlinib ketdilar. Alloh paygʻambariga nozil qilgan oyatlarga kufr keltirgan odam bilib qoʻysinki, Alloh kofirlar va kazzoblardan juda tez hisob oladi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: