Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Oli Imron — Oyat 19 (Oʻzbekcha) — Video

Oli Imron • Oyat 200 dan 19 • Oʻzbekcha


إِنَّ الدِّينَ عِنْدَ اللَّهِ الْإِسْلَامُ ۗ وَمَا اخْتَلَفَ الَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ إِلَّا مِنْ بَعْدِ مَا جَاءَهُمُ الْعِلْمُ بَغْيًا بَيْنَهُمْ ۗ وَمَنْ يَكْفُرْ بِآيَاتِ اللَّهِ فَإِنَّ اللَّهَ سَرِيعُ الْحِسَابِ 19
Tarjima:
Albatta, Allohning huzuridagi din Islomdir. Kitob berilganlar faqat ularga ilm kelgandan so`ng, o`zaro hasad qilishibgina ixtilof qildilar. Kim Allohning oyatlariga kufr keltirsa, bas, albatta, Alloh hisobni tezda qiluvchidir. Oli Imron 3:19
Tafsir:
Alloh nazdida maqbul din Islomdir. U yolgʻiz Allohga boʻysunish, taslim boʻlish, toat-ibodat qilish, hamma paygʻambarlarga, jumladan, ularning xotimalovchisi Muhammad alayhissalomga iymon kelirish va yolgʻiz u kishining shariatidan boshqasini tan olmaslikdir. Yahud va nasorolar ilm-hujjat kelganidan keyin hasadlari va dunyoga qoʻygan hirslari tufayli diniy firqalarga, guruhlarga boʻlinib ketdilar. Alloh paygʻambariga nozil qilgan oyatlarga kufr keltirgan odam bilib qoʻysinki, Alloh kofirlar va kazzoblardan juda tez hisob oladi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Oli Imron • Oyat 18 Keyingi Oli Imron • Oyat 20