Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Oli Imron — Oyat 20 (Oʻzbekcha) — Video

Oli Imron • Oyat 200 dan 20 • Oʻzbekcha


فَإِنْ حَاجُّوكَ فَقُلْ أَسْلَمْتُ وَجْهِيَ لِلَّهِ وَمَنِ اتَّبَعَنِ ۗ وَقُلْ لِلَّذِينَ أُوتُوا الْكِتَابَ وَالْأُمِّيِّينَ أَأَسْلَمْتُمْ ۚ فَإِنْ أَسْلَمُوا فَقَدِ اهْتَدَوْا ۖ وَإِنْ تَوَلَّوْا فَإِنَّمَا عَلَيْكَ الْبَلَاغُ ۗ وَاللَّهُ بَصِيرٌ بِالْعِبَادِ 20
Tarjima:
Agar sen bilan tortishsalar: «Men yuzimni Allohga taslim etdim va menga ergashganlar ham!« deb ayt. Va kitob berilganlarga va savodsizlarga: «Islomga kirdingizmi?» deb ayt. Agar Islomga kirsalar, bas, batahqiq, hidoyat topdilar. Agar yuz o`girsalar, sening zimmangda yetkazish, xolos. Alloh bandalarni ko`rib turuvchidir. Oli Imron 3:20
Tafsir:
Ey Paygʻambar alayhissalom, sizga nozil boʻlgan haq borasida talashib-tortishadigan boʻlsalar: "Men va menga tobe boʻlgan moʻminlar Alloh taologa taslim boʻldik", deb ayting. Ey Paygʻambar alayhissalom, ahli kitob va mushriklardan: "Men olib kelgan hukmlarga ergashish bilan Alloh taologa xolis taslim boʻldingizmi?", deb soʻrang. Allohga taslim boʻlib, shariatingizga ergashsalar, demak, hidoyat yoʻliga oʻtibdilar. Bordiyu Islomdan yuz oʻgirsalar, sizning vazifangiz faqat yetkazib qoʻyish, xolos. Keyin ularning ishi Alloha havola. U Zot bandalarini koʻrib-bilib turadi. Yaqinda ularga amallariga qarab jazo yoki mukofot beradi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Oli Imron • Oyat 19 Keyingi Oli Imron • Oyat 21