Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 28)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Mo`minlar mo`minlarni qo`yib, kofirlarni do`st tutmasinlar. Kim buni qilsa, bas, unga Allohdan hech narsa yo`q. Magar ulardan saqlansangiz, Alloh sizlarni O`z(azob)idan ogoh qiladir. Va qaytib borish Allohning O`zigadir. (28)
Tafsir
Ey moʻminlar, kofirlarni doʻst tutmangiz. Qalbingiz va madad qoʻlingizni moʻminlar qolib, ularga uzatmangiz. Kim shunday qilsa, u Allohga begona, Alloh ham unga begona. Lekin agar ularning saltanatida yashayotgan boʻlsangiz va hayotingizga xavf tugʻilsa, ularning ozorlaridan ehtiyot boʻlish uchun dilingizdagi adovatingizni yashirib, shirinsuxanlik bilan muloyim muomalada boʻlsangiz, zarar qilmaydi. Alloh ulardan emas, Oʻzidan ehtiyot boʻlishga chaqiradi. U Zotdan qoʻrqinglar. Gunohlar qilib, gʻazabiga yoʻliqmanglar. Qiyomat kuni hamma bandalarning borar joyi yolgʻiz Allohgadir. Oʻshanda ularga amallariga yarasha jazo yoki mukofot beradi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: