Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Oli Imron — Oyat 28 (Oʻzbekcha) — Video

Oli Imron • Oyat 200 dan 28 • Oʻzbekcha


لَا يَتَّخِذِ الْمُؤْمِنُونَ الْكَافِرِينَ أَوْلِيَاءَ مِنْ دُونِ الْمُؤْمِنِينَ ۖ وَمَنْ يَفْعَلْ ذَٰلِكَ فَلَيْسَ مِنَ اللَّهِ فِي شَيْءٍ إِلَّا أَنْ تَتَّقُوا مِنْهُمْ تُقَاةً ۗ وَيُحَذِّرُكُمُ اللَّهُ نَفْسَهُ ۗ وَإِلَى اللَّهِ الْمَصِيرُ 28
Tarjima:
Mo`minlar mo`minlarni qo`yib, kofirlarni do`st tutmasinlar. Kim buni qilsa, bas, unga Allohdan hech narsa yo`q. Magar ulardan saqlansangiz, Alloh sizlarni O`z(azob)idan ogoh qiladir. Va qaytib borish Allohning O`zigadir. Oli Imron 3:28
Tafsir:
Ey moʻminlar, kofirlarni doʻst tutmangiz. Qalbingiz va madad qoʻlingizni moʻminlar qolib, ularga uzatmangiz. Kim shunday qilsa, u Allohga begona, Alloh ham unga begona. Lekin agar ularning saltanatida yashayotgan boʻlsangiz va hayotingizga xavf tugʻilsa, ularning ozorlaridan ehtiyot boʻlish uchun dilingizdagi adovatingizni yashirib, shirinsuxanlik bilan muloyim muomalada boʻlsangiz, zarar qilmaydi. Alloh ulardan emas, Oʻzidan ehtiyot boʻlishga chaqiradi. U Zotdan qoʻrqinglar. Gunohlar qilib, gʻazabiga yoʻliqmanglar. Qiyomat kuni hamma bandalarning borar joyi yolgʻiz Allohgadir. Oʻshanda ularga amallariga yarasha jazo yoki mukofot beradi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Oli Imron • Oyat 27 Keyingi Oli Imron • Oyat 29