Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Oli Imron — Oyat 29 (Oʻzbekcha) — Video

Oli Imron • Oyat 200 dan 29 • Oʻzbekcha


قُلْ إِنْ تُخْفُوا مَا فِي صُدُورِكُمْ أَوْ تُبْدُوهُ يَعْلَمْهُ اللَّهُ ۗ وَيَعْلَمُ مَا فِي السَّمَاوَاتِ وَمَا فِي الْأَرْضِ ۗ وَاللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ 29
Tarjima:
Sen: «Agar qalbingizdagi narsani maxfiy tutsangiz ham, oshkor qilsangiz ham Alloh biladir. Va osmonlardagiyu yerdagi narsalarni ham biladir. Alloh har bir narsaga qodirdir», deb ayt. Oli Imron 3:29
Tafsir:
Ey Paygʻambar alayhissalom, ayting: "Alloh taqiqlagan ishni, yani, kofirlarni doʻst tutganingizni yashirasizmi yo oshkor qilasizmi, farqi yoʻq. Hammasini Alloh koʻrib-bilib turibdi. Hech narsa, hech ish U Zotdan yashirin qolmaydi. Osmonlaru yerdagi hamma-hamma narsadan ogoh, xabardor. Alloh har narsaga Qodir Zot. U Zotga ogʻirlik qiladigan biron ish yoʻq".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Oli Imron • Oyat 28 Keyingi Oli Imron • Oyat 30