Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ali 'Imran — Oyat 30 (Oʻzbekcha) — Video

Ali 'Imran • Oyat 200 dan 30 • Oʻzbekcha


يَوْمَ تَجِدُ كُلُّ نَفْسٍ مَا عَمِلَتْ مِنْ خَيْرٍ مُحْضَرًا وَمَا عَمِلَتْ مِنْ سُوءٍ تَوَدُّ لَوْ أَنَّ بَيْنَهَا وَبَيْنَهُ أَمَدًا بَعِيدًا ۗ وَيُحَذِّرُكُمُ اللَّهُ نَفْسَهُ ۗ وَاللَّهُ رَءُوفٌ بِالْعِبَادِ 30
Tarjima:
Har bir jon qilgan yaxshi amalini hozir topadigan va yomon amalining uzoq masofada bo`lishini istaydigan kunda. Alloh sizlarni O`z(azob)idan ogoh qiladir. Alloh bandalariga mehribon Zotdir. Ali 'Imran 3:30
Tafsir:
Qiyomat kuni yaxshi amallar qilgan odam savobini toʻla qilib oladi, zarracha kamaytirilmaydi. Yomon amallar qilgan odam esa amallari olis-olislarda qolib ketishini orzu qilib qoladi. Ammo u paytda bunday orzuning amalga oshishiga yoʻl boʻlsin! Alloh sizlarni Oʻzidan ogohlantiradi. Gunohlar qilib, Uning gʻazabiga giriftor boʻlib qolmanglar. Alloh bandalariga Mehribon Zot. Shuning uchun ham ularni ogohlantiradi, ehtiyot boʻlishga chorlaydi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ali 'Imran • Oyat 29 Keyingi Ali 'Imran • Oyat 31