Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 30)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Har bir jon qilgan yaxshi amalini hozir topadigan va yomon amalining uzoq masofada bo`lishini istaydigan kunda. Alloh sizlarni O`z(azob)idan ogoh qiladir. Alloh bandalariga mehribon Zotdir. (30)
Tafsir
Qiyomat kuni yaxshi amallar qilgan odam savobini toʻla qilib oladi, zarracha kamaytirilmaydi. Yomon amallar qilgan odam esa amallari olis-olislarda qolib ketishini orzu qilib qoladi. Ammo u paytda bunday orzuning amalga oshishiga yoʻl boʻlsin! Alloh sizlarni Oʻzidan ogohlantiradi. Gunohlar qilib, Uning gʻazabiga giriftor boʻlib qolmanglar. Alloh bandalariga Mehribon Zot. Shuning uchun ham ularni ogohlantiradi, ehtiyot boʻlishga chorlaydi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: