Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 33)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 33

إِنَّ اللَّهَ اصْطَفَىٰ آدَمَ وَنُوحًا وَآلَ إِبْرَاهِيمَ وَآلَ عِمْرَانَ عَلَى الْعَالَمِينَ 33 ٣٣

Albatta, Alloh Odamni, Nuhni, Oli Ibrohimni, Oli Imronni olamlar ustidan tanlab oldi. (33)

Tafsir
Alloh tanlab-saralab olgan bandalarini koʻring. Odam alayhissalomga farishtalarni sajda qildirdi. Nuh alayhissalomni yer yuziga birinchi elchi-paygʻambar qilib yubordi. To qiyomatga qadar paygʻambarlik Ibrohim alayhissalomning avlodi-zurriyotida qoladigan boʻldi. Imron avlodi ham sara zotlar boʻldilar. Xullas, mazkur zotlarning hammalari oʻz zamonasining afzallari, saralari edilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin