Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 35)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 35

إِذْ قَالَتِ امْرَأَتُ عِمْرَانَ رَبِّ إِنِّي نَذَرْتُ لَكَ مَا فِي بَطْنِي مُحَرَّرًا فَتَقَبَّلْ مِنِّي ۖ إِنَّكَ أَنْتَ السَّمِيعُ الْعَلِيمُ 35 ٣٥

Imronning xotini: «Ey Robbim! Albatta, men qornimdagini O`zingga xolis nazr qildim. Bas, mendan qabul et. Albatta, Sening O`zing eshituvchi, biluvchi zotsan», deganini esla! (35)

Tafsir
Ey Paygʻambar alayhissalom, eslang! Imronning ayoli, Maryam alayhissalomning onasi: "Parvardigorim, qornimdagi homilamni dunyo ishlaridan ozod etib, Senga va uyingga xizmat qilishi uchun xolis Oʻzingga nazr qildim, uni Oʻz dargohingda qabul ayla, Sen duoyimni eshitib, niyatimni bilib turgan Zotsan", degan edi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin