Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 39)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Mehrobda namoz o`qib turganida, farishtalar unga: «Albatta, Alloh senga Allohdan bo`lgan kalimani tasdiqlovchi, boshliq, shahvati tiyilgan, solih Payg`ambarlardan bo`lgan Yahyoning bashoratini bermoqda», – dedilar. (39)
Tafsir
Namoz oʻqib turgan chogʻida farishtalar unga nido qilib, shunday dedilar: "Alloh senga bir bola haqida xushxabar beryapti. Uning nomi Yahyo. Sifatlaridan biri Alloh tarafidan kelgan kalimani, yani, Iyso ibn Maryamning oʻziga xos tarzda yaratilganini tasdiq etguvchi boʻlmogʻidir. Bu bola oʻz qavmiga ilmu ibodatda peshvo boʻlib, oʻzini shahvatlardan, jumladan, ayollardan tiyadi. Hamma vaqtini Parvardigoriga ibodat qilishga bagʻishlaydi va ayni paytda solihlar qatoridagi paygʻambar boʻladi".
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: