Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 40)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
U: «Ey Robbim, menga qandoq o`g`il bo`lsin?! O`zim ulug` yoshga kirgan bo`lsam, xotinim tug`mas bo`lsa?!» – dedi. U zot: «Shundoq, Alloh xohlaganini qiladir», – dedi. (40)
Tafsir
Yahyo haqidagi xushxabarni eshitgan Zakariyo: "Parvardigorim, oʻzim chol boʻlib qolgan boʻlsam, ayolim tugʻmas boʻlsa, menga qayoqdan bola boʻlsin", dedi. Alloh taolo unga shunday javob berdi: "Qariliging va ayolingning tugʻmasligiga qaramasdan, Yahyoning dunyoga kelishi Alloh taoloning boshqa noodatiy yaratishlari kabidir. Zero, Alloh har ishga Qodir va Oʻz ilmu hikmati ila istagan ishini qiladigan Zotdir".
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: