Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 47)
Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
U: «Ey Robbim, menga bashar qo`l tekkizmagan bo`lsa, qanday qilib bolam bo`ladi?!» – dedi. U zot: «Shunday, Alloh xohlaganini qiladi. Bir ishni iroda qilsa, «Bo`l!» deyishi kifoya, bo`laveradi», – dedi. (47)
Tafsir
Maryam oʻzining ersiz bola koʻrishini aqliga sigʻdirolmay: "Biron odam haloldan ham, haromdan ham men bilan yaqinlik qilmagan boʻlsa, bola qanday boʻlsin?", dedi. Shunda unga farishta shunday dedi: "Alloh senga bir bolani otasiz yaratib bergandek, Oʻzi istagan narsasini odatdan tashqari tarzda ham yarataveradi. U bir ishni istasa, unga: "Boʻl", deydi, shu bilan u boʻlaveradi. Uning qoʻlidan kelmaydigan biron ish yoʻq".
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: