Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 52)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 52

فَلَمَّا أَحَسَّ عِيسَىٰ مِنْهُمُ الْكُفْرَ قَالَ مَنْ أَنْصَارِي إِلَى اللَّهِ ۖ قَالَ الْحَوَارِيُّونَ نَحْنُ أَنْصَارُ اللَّهِ آمَنَّا بِاللَّهِ وَاشْهَدْ بِأَنَّا مُسْلِمُونَ 52 ٥٢

Iyso ulardan kofirlikni sezib qolganda: «Kimlar Alloh yo`lida menga yordamchi bo`ladi?!» – dedi. Havoriylar: «Biz Allohning yordamchilarimiz, Allohga iymon keltirdik va bizning musulmonligimizga guvoh bo`l», – dedilar. (52)

Tafsir
Iyso alayhissalom ularning sarkashlik bilan kufrda qotib turib olishlarini bilganidan keyin Bani Isroilga: "Allohga davat qilishimda kim menga yordam beradi?", deya xitob qildi. Tobelaridan eng saralari, musaffolari: "Allohning diniga yordam bervuchilar mana bizlarmiz, Allohga iymon keltirdik va senga ergashdik, Ey Iyso, guvoh boʻlki, biz Allohni bir deb bilamiz, Unga itoat etamiz va boʻysunamiz", dedilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin