Sura Ali 'Imran (Imron oilasi — آل عمران) (Oyat 55)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




3 Ali 'Imran(آل عمران), Oyat 55

إِذْ قَالَ اللَّهُ يَا عِيسَىٰ إِنِّي مُتَوَفِّيكَ وَرَافِعُكَ إِلَيَّ وَمُطَهِّرُكَ مِنَ الَّذِينَ كَفَرُوا وَجَاعِلُ الَّذِينَ اتَّبَعُوكَ فَوْقَ الَّذِينَ كَفَرُوا إِلَىٰ يَوْمِ الْقِيَامَةِ ۖ ثُمَّ إِلَيَّ مَرْجِعُكُمْ فَأَحْكُمُ بَيْنَكُمْ فِيمَا كُنْتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ 55 ٥٥

Alloh: «Ey Iyso, men seni vafot qildiruvchi va O`zimga ko`taruvchiman hamda kufr keltirganlardan seni poklovchiman va qiyomat kunigacha senga ergashganlarni kufr keltirganlardan ustun qo`yuvchiman. So`ngra, qaytish joyingiz O`zimga, bas, ixtilof qilgan narsalaringiz bo`yicha orangizda O`zim hukm chiqarurman», deganini esla! (55)

Tafsir
Allohning makri mana shunday boʻldi. Iyso alayhissalomga xitob qilib, shunday dedi: "Ey Iyso, men seni oʻldirmasdan Oʻzimga qaytaraman, jismingni ham, ruhingni ham Oʻzimga koʻtarib olaman. Seni kofirlarning yomonligidan, nopokligidan ozod qilaman va ulardan uzoqlashtiraman. Haq din (Muhammad alayhissalomga iymon keltirish ham shu haq din jumlasidandir) asosida senga ergashganlarni to qiyomatga qadar kofirlardan hujjatda ham, izzatda ham ustun qilaman. Keyin esa qiyomat kunida yolgʻiz Oʻzimga qaytib kelasizlar. Oʻshanda ixtilof qilgan ishlaringizda haq bilan hukm qilaman.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin